Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 4 dekabr kuni Afğoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Aşraf Ğani rasmiy taşrif bilan Toşkentga keldi.

ÖzA xabariga köra, Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Qisqa suhbatdan söng Afğoniston delegatsiyasi özi uçun ajratilgan qarorgohga yöl oldi.

Taşrifning asosiy tadbirlari 5-6 dekabr kunlari bölib ötadi.
Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi uçraşuvlarda Özbekiston va Afğoniston munosabatlarining bugungi holati va uzoq istiqbolga möljallangan hamkorlikni rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini muhokama qiliş, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlaş masalalari va dolzarb xalqaro muammolar yuzasidan fikr almaşiş rejalaştirilgan.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qöşma bayonoti qabul qilinişi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan-ta'lim va boşqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaşga qaratilgan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, şuningdek, tijorat şartnomalari imzolanişi kutilmoqda.
Afğoniston Prezidentining Özbekistonga taşrifi dasturidan, şuningdek, Buxoro şahrini ziyorat qiliş ham örin olgan. Oliy martabali mehmon Buxoro davlat universiteti professor-öqituvçilari va talabalari bilan uçraşadi hamda ular huzurida ma'ruza qiladi.











