Afsonaviy hind aktyori Şaşi Kapur 79 yoşida hayotdan köz yumdi. Variety naşrining xabar berişiça, u uzoq davom etgan kasallik natijasida vafot etgan. 

Bollivud yulduzi 3 dekabr, yakşanba kuni nafas yöllari infeksiyasi bilan Mumbaydagi şifoxonaga joylaştirilgan.

Kapur bolaligidan kinoda rollar ijro etgan. Uning ulğaygandagi ilk boş roli "Taqdir arzandasi" filmida (1961) böldi.

Foto: IMDB

Şuningdek Şaşi Kapur "Daydi" (1951), "Uy sohibi" (1963), "Janob Şekspir" (1965), "Sevgi mavsumi" (1969), "Bombey kinosi" (1970) kabi lentalarda ham suratga tuşgan.

Bundan taşqari, Kapur Bollivudning boşqa bir yulduzi - Amitabx Baççan bilan bir neça filmda birga rol öynagan. Ularning orasida "Devor" (1975), "Sevgi - bu hayot" (1976), "Sodiq xizmatkor" (1982) kabilarni sanab ötiş mumkin. 

Foto: IMDB

1979 yilda Şaşi Kapur artxaus janridagi filmlarga prodyuserlik qila boşladi. Şu bilan birga, u rejissyor sifatida ham faoliyat yuritgan.

Foto: IMDB

Ta'kidlaş joizki, Şaşi Kapur - Kapurlar sulolasining ikkinçi avlod vakili va kino tarixidagi eng maşhur aktyorlardan biri Raj Kapurning ukasi hisoblanadi.