"Kazatomprom" AJ uran qazib oliş hajmini 20 foizga qisqartirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi. 

Xabarga köra, qazib oliş hajmining pasayişiga asosiy sabab – bozorda uranning köpayib ketgani. Kompaniyadan ta'kidlaşlariça, qisqartiriş 2018 yilning yanvaridan boşlab, uç yil davomida amal qiladi. Kutilişiça, qazib oliş darajasi 2018 yilda tört ming tonnaga kamaytiriladi. Bu «UxC» tomonidan kelasi yil uçun berilgan prognozda jahondagi uran qazib oliş hajmidan yetti foizni taşkil etadi. Qozoğiston kompaniyasi jahon bozorining 37 foizdan ortiq qismini egallaydi. "Kazatomprom" qazib oliş hajmini uç yil içida qisqartiriş davomida 11 ming tonna uranni "qazib olmaslikni" rejalaştirmoqda.

Qayd etilişiça, qabul qilingan qaror Qozoğistondagi uran konlari "umrini" uzaytiradi. Kompaniya rahbariyatining fikriça, bu omil toza, uglerodlardan xoli elektr energiyasi işlab çiqarişda muhim element sanaladi. 

Şu bilan birga kompaniyadan ta'kidlaşlariça, qabul qilingan qaror uran yetkazib beriş böyiça majburiyatlarga ta'sir körsatmaydi.