Gruziyaning sobiq prezidenti, Odessa oblastining sobiq gubernatori, «Dvijyeniya novyx sil» partiyasi yetakçisi Mixail Saakaşviliga davlat töntarişini amalga oşiriş böyiça ayb qöyildi.

«Saakaşvili konstitutsion tuzumni ağdarişga urinişda ayblanmoqda»,— deya siyosatçining advokati Pavel Bogomazovning sözlarini keltirgan TASS agentligi.

Ukraina Xavfsizlik Xizmati (UXX) xabariga köra, janob Saakaşvili Ukraina Jinoyat Kodeksining 256-moddasi 1-qismi (jinoiy taşkilot faoliyatida iştirok etiş va uning faoliyati haqidagi ma'lumotlarni yaşiriş) böyiça qölga olingan.

Bugun ertalab UXX xodimlari Saakaşvilining kvartirasini tintuv qiliş uçun kelganida u uyi joylaşgan 8 qavatli binoning tomiga çiqib olgan va özini pastga taşlaş bilan tahdid qilgandi.

Ayni vaqtda huquq-tartibot organlari xodimlari janob Saakaşvilini tergov qilişmoqda, unga gumonlanuvçi sifatida qaralayotgani ma'lum qilingan.

Mixail Saakaşvilining uyi oldida siyosatçining tarafdorlari va maxsus xizmatlar xodimlari örtasida töqnaşuvlar boşlangan. TASS ma'lumotiga köra, uning uyi joylaşgan köçada siyosatçining tarafdorlari bölgan 200dan ortiq kişi yiğilgan.

3 dekabr Kiyevda Mixail Saakaşvili va «Rux novyx sil» partiyasi taşabbusi bilan marş bölib ötgandi. Faollar Ukraina prezidenti Petro Poroşenkoning iste'fosini talab qilişgandi.

Saakaşvili Poroşenkoni davlat duşmani deb atadi va Ukraina fuqarolarini mamlakatdagi oligarxlar diktaturasini ağdarib, uning örniga «örta sinf diktaturasini» örnatişga çaqirdi.

Kunning ikkinçi qismida harbiy formadagi noma'lum şaxslar uşbu mitingni translyatsiya qilayotgan NewsOne telekanali binosi atrofini tösib olişdi. «Kommersant'» muxbiri Ukraina prezidenti ma'muriyatidagi manbasiga asoslanib xabar berişiça, bu şaxslar Kiyevda ommaviy namoyişlar boşlaşni istayotgan Saakaşvili qutqusi bilan harakatlangan.

17 oktabrdan buyon Kiyevdagi Rada binosi oldida namoyişlar bölib ötmoqda. Namoyişçilar deputatlik daxlsizligining bekor qilinişi, aksilkorruptsion sud yaratiş haqidagi qonunning qabul qilinişi va saylov islohotlari ötkazilişini talab qilişmoqda.