Vaşington Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvilini Ukrainada qölga olişga uriniş bilan boğliq vaziyat ortidan kuzatmoqda va Ukraina hukumatini vaziyatni çuqurlaştirmaslikka çaqirmoqda. Bu haqda davlat departamentining rasmiy vakili Xizer Noyyert ma'lum qildi.

“Biz Kiyevda yuz berayotgan vaziyat ortidan sinçkovlik bilan kuzatmoqdamiz. Bu masalada Ukraina hukumati bilan yaqin aloqada bölib turibmiz. Bilasizki, Ukraina hukumati bilan yaxşi munosabatdamiz, biroq bu u bilan barça vaziyat böyiça roziligimizni anglatmaydi. Biz Ukraina hukumatini vaziyatni avj oldirmaslikka çaqiramiz”, deb aytgan Noyyert matbuot anjumanda. Uning aytişiça, AQŞ barça tomonlarni zöravonlik qöllamaslikka va huquq ustuvorligi, xalqaro majburiyatlarga amal qilişga çaqirgan. 

“Agar Ukraina hukumati kimnidir uşlasa, hibsga olsa, bu mamlakat qonunlari va me'yorlari bilan birga inson huquqlari borasidagi xalqaro majburiyatlarga mos holda ham amalga oşirilişi kerak”, deb aytgan davlat departamenti vakili.