Finlyandiya 6 dekabr kuni mustaqilligining 100 yilligini nişonlaydi. Bayram tadbirlari 5 dekabrdayoq boşlandi. Mahalliy vaqt bilan soat 22-00 da Xelsinki hokimiyati maydonida mamlakat prezidenti Sauli Niinistyo va birinçi xonim Yyenni Xaukio mamlakatning 100 ta milliy bayroğini kötariş marosimida qatnaşdi. Bu bayroqlar bugun soat 22-00 da tuşiriladi. 

1917 yil 6 dekabrda Buyuk Finlyandiya knyazligi parlamenti Rossiyadan mustaqillik e'lon qilgan edi. 31 dekabrda davlat mustaqilligini Vladimir Lenin rahbarligidagi Xalq komissarlari kengaşi tan olgan. 

Bayram tadbirining asosiy voqealari harbiy parad va an'anaviy prezident qabuli böladi. Ikkala voqea ham milliy telekanallar orqali namoyiş etiladi. Ularni mamlakatning deyarli barça yoşi katta fuqarolari köradi. 

Harbiy parad mamlakat poytaxtidan 400 km uzoqlikdagi Kuopio şahrida bölib ötadi. 

Prezident qabuliga esa, 1900 kişi taklif etilgan. Bular madaniyat, sport, iqtisodiyot, siyosat arboblari, xorijdagi elçixonalar rahbarlaridir. 

Bayramning eng katta hodisasi bu mamlakatning barça şaharlarida uyuştiriladigan muşakbozlikdir. Xelsinkidagi muşakbozlik keçki 22-00 ga belgilangan.