Moskva şahrida tergovçilar 23 yoşli şaxsni qölga olişdi, u terrorçilik faoliyatiga kömak körsatişda gumonlanmoqda. Bu haqda TASS Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasining Moskva şahri böyiça Tergov boş boşqarmasi rahbari örinbosari Yuliya Ivanovaga tayangan holda xabar berdi.
"Tergov ma'lumotlariga köra, gumonlanuvçi 2016 yilning fevralidan to hozirgi vaqtga qadar, Moskva hududida böla turib, Örta Osiyo davlatlaridan kelgan fuqarolarni Suriya hududida harakat qiluvçi xalqaro terrorçilik taşkilotlari va noqonuniy qurollangan tuzilmalarda iştirok etiş bilan boğliq bölgan jinoyatlarni sodir etişga jalb qiliş böyiça faoliyat körsatib kelgan. Ayni damda u qölga olindi", - deya aytib ötdi Ivanova.
Qölga olingan şaxsga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1-qismi (“Terrorçilik faoliyatiga kömak körsatiş”) böyiça jinoyat işi qözğatildi. Yaqin vaqt içida unga ayblov qöyiladi va ehtiyot çorasi qöllaniladi.












