5 dekabrda Pokiston şimolidagi terakt oqibatida 6 kişi halok böldi, 8 kişi jarohat oldi. Bu haqda Geo TV telekanali xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga köra, voqea Afğoniston bilan çegaradoş bölgan Şimoliy Vaziristonning Mir-Ali şahrida sodir bölgan. Portlaşga yöl çetiga qöyilgan mototsiklga örnatilgan bombaning harakatga keltirilişi sabab bölgan.
Jarohatlanganlar şifoxonalarga yetkazilganlar.
Pokistonda oxirgi yirik terakt 1 dekabrda sodir etilgandi. Öşa teraktda 4 nafar qurollangan kişi Peşovardagi universitet şaharçasi hududiga kirib, u yerdagi talabalarni öqqa tutgan. Hujum oqibatida 9 kişi halok bölgan, 40 ga yaqin kişi jarohat olgan. Barça bosqinçilar yöq qilingan. Hujum uçun javobgarlikni “Tolibon”ning Pokistondagi qanoti hisoblangan “Tahrik-i Tolibon Pokiston” jangarilari öz zimmasiga olgan.












