Afğoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Aşraf Ğani Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toşkent qişloq xöjaligi texnikasi zavodiga taşrif buyurdi. 

ÖzA xabariga köra, Afğoniston delegatsiyasi mamlakatimizda işlab çiqarilayotgan yengil va yuk maşinalari, qişloq xöjaligi texnikalari, maişiy uskunalar va boşqa sanoat mahsulotlari bilan tanişdi. 

Tadbirda samimiy döstlik munosabatlarining ifodasi sifatida Özbekistonda işlab çiqarilgan 25dona "Isuzu" rusumli avtobus va “New Holland” markali 3ta traktor Özbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan birodar Afğonistonga hadya etilgani e'lon qilindi.