4 dekabr kuni Toşkent şahridagi «Bunyodkor» stadionida «Bunyodkor» va «Lokomotiv» jamoalari örtasida bölib ötgan Özbekiston Kubogi finali yakunlangaç, stadionda tartibsizlik kelib çiqdi. Özbekiston Futbol Federatsiyasi saytida uşbu öyindagi voqealar böyiça bayonot berildi.

«Uçraşuv paytida 34 ming muxlisga möljallangan «Bunyodkor» stadioni işqibozlar bilan tölib-toşdi. Bu holat yurtimizda özbek futboliga muxlislar tomonidan bölgan qiziqişning yana oşayotganidan darak beradi.

Ilk bora Özbekiston Kubogi finali oldidan öziga xos şou uyuştirilib, stadionga yiğilgan muxlislar uçun Özbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan haqiqiy bayram taşkil etildi.

Şou-dasturda özbek estradasining taniqli vakillari – Şahzoda, Rayhon, «Ummon», «Benom», Şahriyor, Ruxşona kabi estrada yulduzlarining iştiroki uçraşuv oldidan muxlislarga kötarinki kayfiyat baxş etdi. Öz örnida  Özbekiston Futbol Federatsiyasi şou dasturini taşkil etişda körsatgan amaliy yordami uçun Özbekiston Madaniyat vazirligiga öz minnatdorçiligini bildiradi.

Şu yilning 25 noyabr kuni Yaponiyaning Saytama şahrida OÇL finali bölib ötgan va bu final uçraşuvini PFL boş direktori Omon Ğofurov bevosita stadiondan kuzatib borgan edi. Omon Ğofurov OÇL finali kabi nufuzli musobaqalarni taşkil etiş tajribasini örganib, bu tajribani yurtimizda ham qöllaş maqsadida Özbekiston Kubogi finalini katta şou tariqasida ötkazişga qaror qilindi. 

Muxlislarni stadionda xursand qiliş maqsadida Özbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan koptok va şarflar sovğa tariqasida tarqatildi. Muxlislarning emotsiyalarga berilib, öyin yakuniga yetganidan söng «Lokomotiv» klubi futbolçilarini tabriklaş maqsadida maydonga çiqib ketişi kabi vaziyatlar futboli rivojlangan davlatlarda ham uçrab turadigan holat hisoblanadi. 

Final uçraşuvini OFK prezidenti Şayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bevosita stadiondan kuzatib bordi.  OFK Prezidenti murosasiz keçgan final öyinidan katta taassurot olganini ta'kidlab, mamlakatimizda muxlislarning futbolga bölgan qiziqişi yuqori ekanini qayd etib ötdi. 

Özbekiston Futbol Federatsiyasi kelasi mavsumdagi uçraşuvlarni ham kötarinki kayfiyatda, haqiqiy bayram tarzida ötkazib, futbol muxlislarini xursand qiliş yölidagi sa'y-harakatlarini davom ettiradi. 

Muxlislarni esa stadionlarga çorlab qolamiz!», deyilgan bayonotda.

«Lokomotiv» va «Bunyodkor» klublari örtasidagi uçraşuvidan söng muxlislar maydonga yugurib çiqqandi. Içki işlar organlari xodimlari fanatlarni töqmoqlarni qöllagan holda tarqatdi.