Yelp, LinkedIn, Facebook, Kickstarter va Adobe kompaniyalari kun davomida ish joyida birmuncha hordiq chiqarish uchun xodimlariga turli imkoniyatlarni taqdim etadi. Mashqlar xonasidagi badantarbiyalardan tortib eski stol o‘yinlari ham yoddan ko‘tarilmagan. Quyida ushbu kompaniyalar xizmatchilari ish vaqtida yana nimalar bilan shug‘ullanishlarini bilib olishingiz mumkin. 

Foto: Business Insider

Yelp firmasining Manhettendagi idorasi xodimlari ish vaqtida kornxol...

Foto: Business Insider

...yoki stol xokkey  o‘ynashlari mumkin.

Musiqa ixlosmandlari uchun ham Yelp kompaniyasida imkoniyat bor.

Foto: Business Insider

LinkedIn xodimlari ham dam olish borasida hech narsadan g‘am chekishmaydi. Bilyard stoli, stol o‘yinlari va karaoke ularning xizmatiga shay.

Foto: Business Insider

Ular videoo‘yinlar o‘ynashi yoki idora kinoteatrida filmlar ko‘rishlari mumkin.

Foto: Business Insider

Bundan tashqari, Empire State Building binosidagi idorada eski telefon qurilmalari ortiga yashiringan spikizi-bar ham bor. 

Foto: Business Insider

Facebook kompaniyasining Manhetten idorasi xodimlari hordiq chiqarish vaqtida idora bo‘ylab joylashtirilgan stol o‘yinlaridan foydalanishlari mumkin.