AQŞ kongressining quyi palatasi AQŞ prezidenti Donald Trampning impiçmenti böyiça rezolyutsiya loyihasini ma'qullamadi. Bu Tramp böyiça ovozga qöyilgan ilk şunday qonun loyihasi böldi. Rezolyutsiyaning qabul qilinişiga 364 kongressmen qarşi çiqdi, 58 nafari esa ma'qulladi.
Hujjat Texas ştatidan demokrat El Grin tomondan ovoz berişga olib çiqilgan. Rezolyutsiyada Trampga 5 band böyiça, jumladan, FQB direktori Jyeyms Komini işdan böşatiş ayblovi qöyilgan. Bu band böyiça ayblov Tramp tomondan xizmat lavozimining suiste'mol qilinişi sifatida baholanmoqda.
Grinning partiyadoşlari ham bunday keskin qadamni qöllab-quvvatlaşmadi. Demokratlarning quyi palatadagi yetakçisi Nensi Pelosining aytişiça, “Trampning mamlakatni boşqarişga qodirligi masalasi obektiv bölsa-da, hozir bu hujjatni köriş vaqti emas”. Köpçilik kongressmenlar Tramp jamoasi a'zolarining Rossiya bilan aloqalari va Rossiyaning AQŞdagi saylovoldi kampaniyasiga aralaşuvi böyiça tergov natijalarini kutişni taklif qilişmoqda.
Impiçment davlatga xiyonat qiliş, poraxörlik yoki boşqa oğir jinoyatlar va qonunbuzarliklarda ayblangan AQŞ federal xizmatçilari, jumladan prezidentni javobgarlikka tortişni közda tutadi. Impiçment e'lon qiliş huquqi kongressning quyi palatasiga tegişli, sud yiğilişlari esa yuqori palata - senatda AQŞ oliy sudi sudyasi raisligida ötadi. Mansabdor şaxsni öz lavozimidan böşatiş uçun ayblov senatorlarning uçdan ikki qismi tomondan qöllab-quvvatlanişi kerak.
AQŞda prezidentlarning impiçmenti jarayoni uç marta amalga oşirilgan. 1868 yilda prezident Endryu Jonson harbiy vazirni noqonuniy böşatganlikda ayblangan. 1998-1999 yillarda Bill Klinton yolğon guvohlik beriş va qonunga qarşilik körsatişda ayblangan. Ularning ikkisi ham senat tomondan oqlangan.
1969-1974 yillarda Oq uyni boşqargan Riçard Nikson esa senatdagi jarayongaça özi iste'foga ketgan.












