BMT Xavfsizlik kengaşiga a'zo 8 ta davlat AQŞ prezidenti Donald Trampning Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinişi haqidagi bayonoti sababli joriy haftada BMT boş kotibi Antoniu Guterriş iştirokida favqulodda yiğiliş ötkazişni söradi. Bu haqda Şvetsiyaning BMTdagi vakolatxonasida ma'lum qilindi.  

Favqulodda yiğiliş ötkazilişini Boliviya, Misr, Fransiya, Italiya, Senegal, Şvetsiya, Buyuk Britaniya va Urugvay delegatsiyalari söragan.

BMT boş qarorgohidagi manbaning ma'lum qilişiça, yiğiliş 8 dekabrda ötkazilişi mumkin.

6 dekabrda Tramp “Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan oliş vaqti keldi”, deb aytgan hamda AQŞ davlat departamentiga AQŞning Tel-Avivdagi elçixonasini Al-Qudsga köçirişga tayyorgarlik körişni boşlaş vazifasini topşirgan. BMTda Vaşingtonning bu qadamiga xavotir bilan munosabat bildirilgan. Jumladan, BMT boş kotibi Al-Qudsning maqomi faqatgina Isroil va Falastin tomondan hal qilinişi mumkinligini aytgan.   

AQŞning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Trampning elçixonani Al-Qudsga köçiriş qarorini “tarixiy va jur'atli” deb atagan. 

Xeylining isroillik hamkasbi Danni Danon ham AQŞ ma'muriyati qarorini qutlab, u “tarixiy xatoni töğrilaganini” aytgan hamda qolgan davlatlarni ham AQŞdan örnak olişga çaqirgan.