AQŞ prezidenti Donald Tramp IŞID jangarilari Suriya va Iroqdan deyarli siqib çiqarilganini ma'lum qildi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyada Frot daryosining ikkala tomonida ham IŞID tor-mor etilganini e'lon qilgandi.
“Men Pentagon rahbari Jyeyms Mettisga IŞIDni yengiş böyiça amalga oşirilgan a'lo darajadagi iş uçun minnatdorlik bildiraman. U IŞIDni barça kuçdan mahrum qildi, men esa sizga buni qilişga ruxsat berdim. Siz a'lo darajadagi işni amalga oşirdingiz. Jangarilar Suriya va Iroqdan deyarli siqib çiqarilgan. Bu ajoyib yangilik. Yomon yangilik esa ular har tomonga tarqamoqdalar”, deb aytgan Tramp ma'muriyat a'zolari bilan yiğilişda.
Tramp AQŞ öz hududida terrorçilarni körişni istamasligini ta'kidlab ötgan. “Biz ularning davlatimizga yana qaytişlarini istamaymiz. Ularning ba'zilari öz yurtlariga qaytmoqdalar, biroq biz buni istamaymiz. Şu sababli ular ortidan sinçkovlik bilan kuzatmoqdamiz”, deb aytgan Tramp.












