Qozoğistonlik faol, jamoat arbobi Olmos Yerjan Qozoğistonning köplab fuqarolari uçun örnak hisoblanadi.

Ostonalik 37 yoşli Olmos Ijtimoiy va innovatsion jamğarmaga asos solib, u orqali öziga öxşagan – imkoniyati çeklangan odamlarga yangi iş örinlari oçişda kömak bermoqda.

Yerjan Olmaotadagi töqimaçilik fabrikalaridan birida önlab nogironlarni iş bilan ta'minladi. U, şuningdek, öz işini boşlamoqçi bölgan nogironlar uçun loyihalar işlab çiqadi va homiylar topadi.

aa.com.tr

Yerjan Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi bilan suhbatda soğlom bola bölib tuğilgani, oiladagi moliyaviy muammolar sababli 9-sinfda öqişni taşlab, bozorda pul topa boşlaşiga töğri kelganini sözlab berdi. “Kunduzi bozorda işlardim, keçasi döstlarim bilan diskotekaga borardik. Ya'ni hamma ösmirlar kabi yaşardim”, deb eslab ötgan Yerjan.

Biroq Yerjanning 22 yoşida tişlari öz-özidan tuşa boşlagan. Şifokorlar unga kalsiy yetişmasligi sababli suyak kasalligi taşxisini qöyişgandan keyin dastlab u tuşkunlikka tuşgan.

Kasallik zörayib, Yerjanning umurtqasi qiyşayişi va böğimlari deformatsiyasiga olib kelgan. “Dastlab qöltiqtayoq yordamida yurardim, biroq böğimlardagi oğriqlar zörayib borardi. Şundan keyin nogironlar aravasiga ötirişimga töğri kelgan”, deb sözlab bergan Yerjan.

Yerjanning ta'kidlaşiça, istalgan davlatdagi kabi nogironlar ham Qozoğistonda iş topişda muammolarga duç keladilar, iş beruvçilar esa jismoniy imkoniyatlari çeklangan odamlarni işga yollaş böyiça kvotalarni inobatga olmaydilar.

“Qozoğistondagi minglab odamlar manfaatlarini ularning qiziqişlari, muammolarini hisobga olgan holda ilgari surişni istardim. Mening özim aravaçaga mixlanib qolganim sabab bu muammoni yaxşi bilaman”, deb aytgan Yerjan  va davlat ijtimoiy sohaga e'tiborni kuçaytirişi kerak, deb ta'kidlab ötgan.