Olmaota şahrida tört kundan beri öz qurbonlarini vahşiylarça öldirgan qotil qidirilmoqda. U ikki ayolni dahşatli darajada öldirgan, keyin ularning tana a'zolarini çiqarib olgan. Yana bir erkak esa jonlantiriş bölimida qolmoqda, deya xabar berdi KTK kanali.

Vahşiy qotillik 2 dekabr kuni sodir böldi. Opa-singillar va ularning mehmoniga özlarining uylarida hujum qilişgan. Qöşnilar va halok bölganlarning qarindoşlari sözlariga köra, bir qurbonga 30 marta piçoq urişgan, ikkinçisiga – 15.

"Heç kim buni aytayotgani yöq, lekin içki a'zolar kesib olingani rost. Burçakda stol turgan, mening fikrimça, spirtli içimliklar içilgan, tuşunişimça, u mast bölib qolganidan söng duç kelganni piçoq bilan jarohatlagan”, - deya aytib ötdi halok bölganlarning kuyovi Farhod Jambakiyev.

Qöşnilarning işonç bildirişiça, bu işni vasvos (manyak) qilgan va qurbonlar qiynoqqa ham solingan. "Buni juda oğir qabul qildik, hozirgaça, bilasizmi, şokdamiz. Qörquv, faqat qörquv. Bizning yigitlar, erkaklar xotinlarini, farzandlarini yolğiz qoldirişga çöçişmoqda. Hozirda hamma, rostini aytsam, eşikni heç kimga oçmayapti", - deya aytib ötgan qöşnilardan biri.

Olmaota şahri Içki işlar departamenti vaziyat yuzasidan hozirça rasmiy ma'lumot bermagan.