6 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma beş yilligi munosabati bilan afv etiş töğrisida”gi Farmoni imzolandi. ÖzA uşbu farmonga şarhni taqdim etdi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligini nişonlaş arafasida Prezidentimiz tomonidan 2 ming 700 nafar mahkumni afv etiş töğrisidagi Farmon imzolandi.
Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan barça islohotlarning asosi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qöyilgan insonparvarlik, inson hayoti, erkinligi, şa'ni, qadr-qimmati va boşqa huquqlarining oliy qadriyat sifatida tan olinişi kabi umuminsoniy prinsiplarni amalga oşirişdan iboratdir.
Qonunga rioya qilmagan, biroq öz qilmişining qonunga xilofligini anglab yetgan va tuzaliş yöliga qat'iy ötgan şaxslarga öz oilasiga va jamiyatga qaytişi, ijtimoiy moslaşiş imkoniyatining berilişi özbek xalqining keçirimlilik, rahmdillik va bağrikenglik kabi azaliy qadriyatlarining amaldagi yorqin ifodasidir.
Şu paytgaça har yili amnistiya töğrisida hujjatlar qabul qilingan. Ta'kidlaş joizki, amnistiya ozodlikka çiqariladigan şaxslarning aniq guruhini belgilamaydi. Amnistiya töğrisidagi aktda faqat jinoyat turlari közda tutilib, ozodlikka çiqariladigan şaxslar amnistiya töğrisidagi hujjat ijrosini ta'minlaş jarayonida aniqlanadi.
Amnistiya aktidan farqli ravişda, afv etiş masalasini hal etişdan oldin har bir mahkumning şaxsi, ular tomonidan sodir etilgan qilmişning ijtimoiy xavflilik darajasi, sodir etiliş holatlari va oqibatlari, yetkazilgan zararning qoplanganligi, şuningdek, jabrlangan tomon va jamoatçilik munosabati har tomonlama va puxta örganib çiqiladi.
Şu maqsadda 2017 yil 29 sentabrda davlatimiz rahbari tomonidan “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma beş yilligi munosabati bilan jazoni ijro etiş muassasalarida jazo ötayotgan mahkumlarni afv etiş haqidagi materiallarni tayyorlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoyiş qabul qilindi.
Uşbu farmoyişga muvofiq huquqni muhofaza qiluvçi organlar, sudlar, jamoat taşkilotlari vakillaridan iborat işçi guruhlar Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Afv etiş masalalari böyiça komissiya bilan hamkorlikda joylarga çiqib, har bir mahkum bilan yakka tartibda suhbatlar ötkaziş orqali ularning şaxsini örganib çiqdi.
Örganiş jarayonida mahkum tomonidan sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga, uning öz qilmişidan çin köngildan puşaymonligiga, jinoyat natijasida yetkazilgan zararning qoplanganligiga, yoşi, soğligiga, oilaviy ahvoliga va yengillaştiruvçi boşqa holatlarga alohida e'tibor qaratildi. Şu bilan birga, jabrlanganlar va jamoatçilikning, jumladan, mahkum yaşagan mahalla vakillarining fikrlari ham atrofliça örganildi.











