Samsung kompaniyasi global isişga ta'sir qiladi, çunki gadjyetlar işlab çiqarişda “havoni ifloslantiruvçi, qadim zamonlarga xos yonilğidan” foydalanadi. Bu haqda Greenpeace faollari 6 dekabrda ma'lum qilişdi, deb yozmoqda IBT.

Greenpeace tabiatni muhofaza qiliş taşkiloti Samsunğni millionlab gadjyetlarini işlab çiqarişda kömir kabi atrof-muhitni ifloslantiruvçi energiya manbalarini qöllaşi uçun tanqid qildi. Taşkilot kompaniyani energiyaning yangi manbalariga ötişga çaqirdi. Greenpeace vakillari öz hisobotlarida Samsung 2016 yilda 16 ming GVt dan köproq energiya sarflaganini va bu miqdordan bor-yöği 1 foizginasi tiklanuvçi energiya manbalariga töğri kelganini körsatişgan.

“Hozir butun dunyo öz e'tiborini iqlim özgarişiga qaratayotgan va buni töxtatiş uçun zudlik bilan çoralar körayotgan bir paytda dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri bundan çetda qolmoqda. Samsung buni inkor etiş uçun juda yirikdir”, deb aytilgan Greenpeace’da.

Taşkilot odamlarni Samsunğni tiklanuvçi manbalarga köproq e'tibor qaratişga köndiruvçi petitsiyani imzolaşga çaqirgan. Hozirça petitsiyani 5 ming kişi imzolagan, u körib çiqilişi uçun esa 100 ming imzo kerak.