Suriyada IŞIDga tegişli hudud qolmadi va mamlakat jangarilardan töla ozod etildi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştab boşliği Valeriy Gerasimovga asoslangan holda xabar berdi.
Uning sözlariga köra, general Xasan Suxelning harbiylari va köngillilardan iborat 5-şturm korpusi Dayr-az-Zorda jangarilarning oxirgi qismlarini yakson etgan va Solihiya, Al-Xreyt, Al-Katya hamda Musalah aholi punktlarini ozod qilgan. Şundan söng, bu qöşinlar janubdan hujum qilib kelgan Suriya hukumati armiyasi bilan birlaşgan.
«Şu tariqa, bugungi kunga kelib Suriyada IŞID nazoratidagi bitta ham punkt qolmadi», — degan Boş ştab boşliği.
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Şoygu oliy qömondon, prezident Vladimir Putinga bu haqda hisobot bergan.













