Toşkent viloyati IIB tomonidan olib borilgan tezkor sa'y-harakatlar natijasida viloyatning Örta Çirçiq tumanida sodir etilgan dahşatli qotillik foş etildi. Bu haqda viloyat IIBdagi KUN.UZ manbasi ma'lum qildi.
Ma'lum bölişiça, 1998 yilda Xorazm viloyatida tuğilgan D.A. ism-şarifli qizning murdasi şu yilning 19 noyabrida Örta Çirçiq tumani Qorasuv hududidagi ariq içidan topilgan. Sud-ekspertiza tahlillari qiz boğiç bilan böğib öldirilganini körsatgan.
Şundan söng, viloyat içki işlar boşqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-suriştiruv işlari natijasida qotillikda gumon qilinayotgan şaxs aniqlanib, uşlangan. U 1990 yilda Toşkent şahrida tuğilgan va kirakaşlik bilan şuğullanuvçi X.A. ekani ma'lum bölgan.

Ayni vaqtda Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi, ya'ni qasddan odam öldiriş jinoyati alomatlari bilan jinoiy iş qözğatilgan. Tergov işlarini viloyat prokuraturasi olib bormoqda. Qotillikda gumondorning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi ham tekşirilmoqda.

















