2017 yilning 2 dekabr kuni Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan ötkazilgan “Tozalaş-Antiterror” tadbiri davomida, şu kuni soat taxminan 00:30larda T.U. özganing mulkini oçiqdan-oçiq talon-toroj qiliş maqsadida, Uçtepa tumani hududida fuqaro T.D.ning soğligi uçun xavfli bölmagan zörlik işlatib, unga tegişli bahosi 1.000.000 söm bölgan "Huawei" rusumli uyali telefoni va 5.000 söm miqdoridagi pullarini egallab olganligi aniqlanib, jinoyat sodir etilgan joydan yaşirinmoqçi bölgan vaqtida uşlangan. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Uçtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 25, 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (hayot va soğliq uçun xavfli bölmagan zörlik işlatib, özganing mulkini oçiqdan-oçiq talon-toroj qilişga suiqasd etiş) alomatlari bilan jinoyat iş qözğatilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.