Barça ilğor fikrlovçi insonlar bilişadiki, boşqa millatlar ustidan zöravonlik qiliş asosida va haddan taşqari kuçayib ketgan millatparastlik «şovinizm» asosida kurilgan har qanday davlat va bu siyosatni amalga oşirayotgan har qanday mafkura inqirozga uçraydi.
Boşqa xalqlar «past tabaqalilar» deya atalib, ular ustidan öz milliy ustuvorligiga ega ekanligiga işonib yaşaşga asoslangan har qanday davlat tizimi tarixan halokatli. Bunga sabab - şovinizm va zöravonlik bilan şiddatli millatparastlikni ifoda etuvçi unsurlar avvalo öz davlati içkarisida ğalayonlar boşlab, köplab begunoh tinç aholini qurbon qilişidadir. Bu jarayon oqibatida qoçqinlarning köpayişi va ziyoli tabaqaning yuqotilişi muqarrardir. Natijada bunday joyda davlat tizimi inqirozga mubtalo böladi.
Millatparastlik bilan qilinadigan şiddatli zöravonlik harakatining kuçi şu qadar yovuzki, bu kuç unga duç kelganlar uçun ham, uni boşqalarga qaratayotganlar uçun ham naqadar xavfli ekanligini payqamaslik mumkin emas. Buning isbotini köp yillardan buyon içki nizolar va qurolli töqnaşuvlar girdobiga taşlangan Afğoniston misolida körmoqdamiz.
Afğoniston nomli davlat hali dunyo xaritasida yöq vaqtidan boşlab şu hudud bilan boğliq bölgan özbeklarning bir neça ming yillik buyuk tarixi va madaniyati nazarga ilinmay, kamsitilib, xörlanib boşqa millatlar bilan teng haq-huquqlarga ega bölib yaşaş masalasi davlat qonunlari tomonidan inobatga olinmay kelingan edi.
Özbeklar ming yillardan buyon öz tuproqlarida yaşab kelayotgan xalqdir. Lekin Afğoniston deya nomlanuvçi hududda yaşayotgan özbeklar oxirgi 200-300 yildan buyon heç bir ijtimoiy-siyosiy haq-huquqqa ega bölgan emas. Hattoki hozirgi kunda ham Afğoniston tuproqlari tarixan özbeklarning öz Vatani ekanligi pisand qilinmay, özbek xalqining madaniy va ma'rifiy qadriyatlari kamsitilgan maqomda. Afğonistonlik özbeklar asrlar davomida şunday juda murakkab tarixiy vaziyatlar qurşovida.
Aslida esa:
1. Afğoniston hududida joylaşgan bir neça ming yillik tarixiy ahamiyatga ega me'moriy yodgorliklarning haqiqiy merosçisi va ma'naviy egasi Afğonistonda yaşayotgan hozirgi özbek millatidir;
2. Afğonistondagi özbeklar soni qançalik kamaytirib körsatilmasin, 7-8 milliondan oşib ketganligi köpçilik mutaxassislarga ma'lum. Özbekistondan söng, soni jihatidan Özbekiston taşqarisida yaşaydigan özbeklar içida Afğoniston özbeklari dunyoda birinçi örinda turadi. Afğonistondagi özbeklar millat sifatida şakllangan öz yerlarida yaşab kelmoqda;
Mavzuga oid
3. Özbek tili Özbekistondan taşqari, faqat Afğonistonda rasmiy davlat tili deb tan olingan;
4. Özbekiston taşqarisida özbek tilida dars öqitadigan oliy öquv yurtlari va örta ta'lim muassasalari soni böyiça Afğoniston özbeklarining ta'lim tizimi dunyoda birinçi örinda turadi;
5. Özbekiston taşqarisidagi özbek tilida iş olib boruvçi TV, radio, gazeta, kitoblar va boşqa ommaviy axborot vositalari soni böyiça ham Afğoniston özbeklarining faoliyati Özbekiston taşqarisidagi özbeklar içida dunyoda birinçi örinda turadi.
Özbek xalqining bebaho milliy, madaniy merosining va bir neça ming yillik tarixining bir qismi aynan öz ota-bobolariga tegişli hudud bilan boğliq ekanligiga yetarliça dalil va isbotlar mavjud. Lekin tarixiy haqiqat şunday ekanligiga nazar-pisand qilmaydigan ba'zi bir davlat lavozimlariga çiqib olgan millatparast kimsalar Afğoniston davlat tizimidan foydalangan holda, nafaqat özbek milliy tarixiga va madaniyatiga bepisandlik qilib keldi, balki Afğonistonda özbek millatining borligini yöq qiliş siyosatini ham olib bordi.
Butun boşli özbek millati bunday munosabatga loyiq bölmasa-da, qançadan-qança özbek xalqining beçora namoyondalari özining tuğilib ösgan yurti bölmiş Afğonistonda davlat siyosati darajasida kamsitilib kelindi. Ularning oddiygina insoniy haq-huquqlari bölmiş bu dunyoda yaşaş haq-huquqlari Afğoniston ötmişida yaratilgan millatparast siyosiy tizimlarning xizmatkorlari bölmiş ba'zi bir farosatsiz şaxslar tomonidan yaqingaça nazardan çetda qoldirilib kelinganligi hammaga ma'lum.
Hozirgi kunda Afğonistonda istiqomat qiluvçi özbeklar uçun öz milliy madaniyatini va özbek tilini saqlab qoliş kabi masalalar bilan birga har tomonlama milliy rivojlaniş zaruriyati eng muhim siyosiy-ijtimoiy masalalardan biri bölib qoldi. Ular özi yaşab turgan mamlakatning kelajagi farovon bölişi uçun juda kerakli bölgan masalalarning yeçimini topiş kerakligini tuşunib yetgan ahvolda yaşamoqda. Ya'ni, insonlarning tinç va xotirjam yaşaşlarini ta'minlaydigan masalaga boğliq bölgan his-tuyğularni kuçaytiriş zaruriyati hayotiy masalaga aylandi. Eng muhimi, barça afğonistonlik özbeklarning oliy maqsadi bu milliy özligini anglaş va asraş bölib ulgurdi.
Özbek tili, rasmiy til sifatida Afğoniston Islom Respublikasida 2004 yil 4 yanvar kuni Umum Afğoniston Oliy Kengaşi Loya Jirğa tomonidan qabul qilingan va 2004 yil 26 yanvar kuni Afğoniston davlat boşliği tomonidan tasdiqlangan «Asosiy Qonun» deya nomlanadigan Afğoniston Konstitutsiyasining 1-bobidagi 4- va 16-moddalarida körsatilgan talablarga binoan Afğonistonning Şimoliy vilioyatlaridagi universitetlarda özbek tili va adabiyoti bölimlari taşkil qilindi, muallim tayyorlaş muassasalari işga tuşdi, özbek tilida ta'lim beruvçi maktablar oçila boşlandi, özbek tilida TV kanallar taşkil qilindi, bir neçta radio va gazetalar ham iş boşladi.
Afğonistondagi özbek TV kanallari Özbekistonda işlab çiqilgan videokliplar, konsertlar va har xil seriallarni omma e'tiboriga taqdim etişmoqda. Lekin bu işlar har xil tijoriy yöllar bilan, afğonistonlik tijoratçilar tomonidan Özbekiston bozorlaridan sotib olib kelingan sifatsiz videodisklar va köçirmalar yordamida va norasmiy şaklda amalga oşirilmoqda. Hattoki Özbekiston TV kanallarining logotiplari öçirilmasdan Afğoniston özbek TV kanallaridan töğridan-töğri omma e'tiboriga uzatilayotgan körsatuvlar ham bor. Nahotki şu yöl bilan özbek xalqining buyuk madaniyatini va ma'naviyatini ifoda qiliş mumkin bölsa?! Ammo, qançalik vaziyatlar oğir bölmasin baribir Afğonistonda özbek tili tarğib qilinmoqda.
Afğonistonda ham xuddi Özbekistondagidek turli xil özbekça şevalar bor. Özbek adabiy tili qarluq, öğuz va qipçoq lahjalarining birikmasidan hosil bölgan milliy til sifatida namoyon bölişi bilan birga arab, fors, lotin, ingliz, rus va boşqa tillardan kirib kelgan sözlar bilan özbek tilining çeksiz imkoniyatlarga ega, juda ham boy va qöllaniş doirasiga köra jahon tillari içida ifoda salohiyati kuçli bölgan milliy tillardan biri bölib hisoblanmoqda.
Afğonistondagi yozma özbek tilida qöllaniladigan arab alifbosi xususiyatlaridan kelib çiqqan muammolar sababli örtada bir qança çalkaşliklar turibdi. Nutq masalasida esa heç qanday tafovut yöq. Afğoniston özbeklarining arab alifbosiga asoslangan yozma özbek tili bilan Özbekistonda qöllaniladigan lotin alifbosiga asoslangan yozma adabiy özbek tili örtasida grammatik farq yöq. Har ikki tomonda ham özbek tilining grammatik xususiyatlari bir xil. Afğoniston va Özbekiston xududida yaşovçi bir millatning adabiy til me'yorlari örtasidagi farq asosan atamalarda közga taşlanadi. Ba'zi bir lotinça atamalarning aytilişi Özbekistonga rus tili orqali kirgan bölsa, xuddi şu atamalar Afğoniston özbeklarining tiliga ingliz tilidan ötganligi sababli yuzaga çiqqan talaffuz farqlari, ya'ni fonetik xususiyatlar mavjuddir. Asosiy farqlarning yana biri Afğonistondagi özbek tilida forsça va arabça sözlarining köpligi, Özbekistondagi özbekçada esa rus tilidan kirib kelgan sözlar işlatilişidadir.
Oxirgi 10 yil içida Afğonistonda millionlarça yoşlar özbek tilida ta'lim-tarbiya oldi. Şu kungaça minglarça yoşlar özbek tili va adabiyoti fakultetlarida öqib, oliy ma'lumotli böldi. Afğonistonlik özbek yoşlari çet ellarning nufuzli universitetlarida ham ta'lim ola boşlaşdi. Hozirgi kunda aynan mana şu yoşlar Afğoniston ta'lim tizimining faol iştirokçilariga aylanmoqda.
Ta'lim muassasalarida xizmat qilayotgan özbek tilidan dars beruvçi öqituvçi pedagoglarning mehnati evaziga köplab afğonistonlik yoşlar könglida özbek tiliga bölgan mehr-muhabbat uyğonganligi köpçilikka ma'lum. Afğonistonda özbek tilining rivojlanişi uçun juda salmoqli hissa qöşib kelayotgan özbek tili maktab öqituvçi-pedagoglari va oliygohlarda yoşlarga ta'lim tarbiya berayotgan tilşunos ustozlar arab imlosiga asoslangan özbek tili va adabiyoti darsliklarini işlab çiqib, bir neça marta naşr qilişgan.
Afğoniston özbeklari, öz milliy madaniyatini va tilini asrab qolişi uçun nimalar qilişlari lozim, qanday harakatlarni amalga oşirişlari zarur, muammoni hal qilişning eng qulay yöli qanday, degan savollar barça afğonistonlik ziyolilarni qiynab kelmoqda. Albatta, bu masalada yetarliça muammolar mavjud. Ammo, masalaning ijobiy yeçimi uçun eng muhim qadam bosildi, ya'ni afğonistonlik özbeklar öz tilini örganişni hayotiy masala sifatida qabul qilib, öz millatiga va milliy tiliga bölgan hurmatni saqlaş zarur ekanligini ma'naviy va ma'rifiy jihatdan tuşunib yetişga muvoffaq bölişdi.
Özbek tili va adabiyotini öqitiş muammolarini hal qilişning yagona va eng qulay yöli bu örtadagi ba'zi bir texnik tafovutlarni bartaraf qilib, Özbekistonda qayta işlab çiqilgan adabiy özbek tili va özbek adabiyotini öqitiş tizimini va me'yorlarini Afğonistondagi özbek tili va adabiyotini öqitiş tizimiga moslaştirib tatbiq qilişdan iboratdir. Bu ezgu niyatli maqsadlarni amalga oşiriş uçun eng avvalo afğonistonlik yoşlarni Özbekistonda çiqqan kitoblarni öqişga va ularni tuşunib yetişiga kömaklaşişdan boşlaşimiz zarur. Çunki buyuk Jayhun daryosining ikki qirğoğini egallagan özbek xalqi ma'naviy-ma'rifiy masalalarda bir maqsad sari intilişlari zarur ekanligi zamonamiz talabiga aylanib ulgurdi.
Afğoniston maktablarida va boşqa ta'lim muassasalarida bolalarni öqitiş uçun kerakli bölgan özbekça darsliklar, köpçilik hollarda aynan Özbekistonda naşr qilingan kitoblardan foydalanib tayyorlangan. Sababi özbek tili, adabiyoti, tarixi va madaniyatiga tegişli ilmiy asarlar asosan Özbekistonda naşr qilingan. Hattoki hozirgi Afğoniston hududida bir zamonlar yaşab ijod qilgan şoir va ulamolarimiz bölmiş Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyukl allomalarimiz yozgan asarlar ham Özbekistonda naşr qilingan kitoblar asosida afğonistonlik mutaxassislar tomonidan arab imlosiga ögirilib, özbek tilida öqişni istagan afğonistonlik muxlislarga taqdim etilgan.
Köp yillik izlanişlarimiz natijasiga köra tuşunib yetganimiz şu böldiki, Özbekiston kutubxonalarida saqlanayotgan va ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan özbek tilidagi asarlar, özini özbekman degan har bir inson uçun qimmatli xazinadir. Dunyoning qaysi ölkasida yaşamasin, barça özbeklar uçun muhim va zarur bölgan til, adabiyot, tinçlik, baxtli va farovon hayot falsafasi kabi mavzularni öz içiga olgan asarlardan taşkil topgan bu xazina, har bir inson könglida mavjud bölgan yaxşi niyatlar, ezgu maqsadlar va orzu-umidlarni amalga oşiriş uçun bosib ötilişi kerak bölgan yölni yoritib turgan çiroq kabi ziyo tarqatmoqda.
Özbekiston Respublikasi tomonidan Afğonistonga turli xil iqtisodiy va siyosiy yordamlar körsatilayotgani dunyo hamjamiyatiga yaxşi ma'lum. Lekin özbek tili, adabiyoti, tarixi va madaniyatiga taalluqli masalalarning Afğonistonda ham keng quloç yoyişi uçun Özbekiston ta'lim tizimiga tegişli muassasalar Afğonistondagi özbek tili va adabiyotini öqitiş ta'lim tizimiga ham e'tiborni kuçaytirişi zarur. Özbekistonlik özbeklarning afğonistonlik millatdoşlariga ma'naviy va ma'rifiy jabhalarda yordam qölini uzatişi bu oddiygina insoniylik burçidir. Bu masalada bir neça yillar oldin Özbekistonda naşr qilingan kitoblarni hozir ham közlariga surtib öqib yurgan afğonistonlik yoşlar va ularning öqituvçi-pedagoglari öz tiliga bölgan hurmat, mehr va e'tibor masalasida bizga ham yaxşi örnak bölib xizmat qiladi deb hisoblaymiz.
Ma'rifiy masalalardagi faoliyatdan Özbekiston ta'lim tizimi ham manfaatdor bölişi aniq. Sababi özbekistonlik yoşlar öz millatining madaniyatini, tilini, tarixini, ijtimoiy siyosiy yölini tarğib qiliş yöli bilan özlari ham köp narsalarga e'tiborli bölişga, bilim saviyasini oşirişga va egallagan bilimlarini sayqallaşga erişadi. Şu bilan birga har bir Özbekiston Vatandoşi öz tarixini, madaniyatini va tilini boşqa davlatlardagi özbeksevarlarga ham tarğib qilişni oddiy masala deb qabul qilib, bu jarayonni amalga oşiriş harakati har bir özbek ziyolisi uçun milliy burç deb hisoblanişi zarur ekanligini tuşunib yetadi. Aslida, aynan mana şu yaşaş usuli haqiqiy özbekona hayot ekanligini har bir özbekistonlik tuşunib yetmoği lozim.
Özbek xalqining tili, adabiyoti, tarixi va madaniyatini dunyoga tanitiş masalasi dunyo hamjamiyati tomonidan har qanday mustaqil davlatga xos va mos harakat deya ijobiy baholanişi aniq. Çunki har bir davlatning ötmişi, buguni va kelajagi, umuman, borliği uning xalqining ilmiy, madaniy va ijtimoiy-siyosiy salohiyati bilan baholanadi va şu salohiyati bilan boşqa davlatga ezgu niyat bilan ijobiy ta'sir körsata olsa, unda bu davlat tinçlik va totuvlikni tarğib qiluvçi davlat sifatida umumjahon e'tiborida gavdalanadi.
(Maqolani tayyorlaşda muallifning Afğonistonda naşr qilingan «Afğonistonda özbek milliy ğoyasi va til ta'limi dasturlari» kitobidan foydalanildi.)
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi