Falastin rahbariyati Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinişi va AQŞning Isroildagi elçixonasining u yerga köçirilişi qaroriga nisbatan norozilik sifatida AQŞ vitse-prezidenti Maykl Pens bilan uçraşişdan boş tortdi. Bu haqda Falastinning FATH harakati vakili Jabroil Rajubga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

“Biz bosib olingan Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinişiga javoban AQŞ vitse-prezidentini Falastin hududida qabul qilmaymiz”, deb aytgan Rajub.

AQŞ prezidenti Donald Tramp 6 dekabrda Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan oldi va AQŞ davlat departamentiga elçixonani Tel-Avivdan u yerga köçirişni boşlaş vazifasini topşirdi. AQŞ kongressi Al-Quds böyiça uşbu qarorni 1995 yildayoq çiqargan, biroq avvalgi prezidentlar tegişli hujjatni imzolamay kelganlar. BMTda ta'kidlanişiça, uşbu masalani Isroil va Falastingina hal qila oladi.