Amerika sudi özbekistonlik Sayfullo Soipovning AQŞ va boşqa davlatlar hududlaridagi mol-mulkini musodara etiş haqida qaror çiqardi. Uning ota-onasi uydan, özi esa – ikkita firmadan ayrilişi mumkin.

Layf naşriga Nyu-York sudining Sayfullo Soipovga nisbatan qarori kelib tuşgan, u Nyu-Yorkda oktabr oyi oxirida odamlarning ustiga yuk maşinasini haydab borgan. Janubiy okrug sudi barça mulklarni, jumladan, özbekistonlik 29 yoşli şaxs teraktga tayyorgarlik körişda qöllagan bölişi mumkin bölgan narsalarni xatlovga olişni talab qildi. AQŞda Soipovning rafiqasi va farzandlari yaşaydi, şuning uçun ular ham uyidan ayrilişi mumkin. Uning ota-onasiga tegişli köçmas mulk ham tahdid ostida qolgan: agarda Özbekiston hukumati AQŞ talablarini bajarsa, ularning uyi Amerika byudjyeti daromadiga ötkazilişi mumkin.

Hellouin kuni, taxminan soat 15.00larda, Manhettenning janubiy qismida oq pikap-yuk maşinasi paydo bölgan. U velosipedçilar yölagiga çiqqan va odamlarni bosib ketişga uringan. Pikap bir neça ön metr yurib, maktab avtobusiga kelib urilgan. Haydovçi - Sayfullo Soipov – kabinadan tuşgan. U töpponçalarni kötarib olgandi. Politsiyaçilar unga qarata öt oçişdi, oğir jarohatlaşdi va bir neça daqiqadan söng qölga olişning uddasidan çiqişdi. Soipov sakkiz kişining umriga zomin böldi va yana 15 insonni jarohatladi. 

Yuk maşinasida yozuv topilgan, unda Soipov IŞID terrorçilik guruhiga sodiqlik keltirgani aytilgan. Uni şifoxonaga, öq orqali yaralanganidan tuzalgaç – sudga olib ketişdi. Layf ayblov akti matniga egaligini iddao etdi. Soipovni 22 band böyiça ayblaşmoqda: qotillik, soğliqqa zarar yetkaziş va hattoki terrorizmni moliyalaştiriş. Ma'lum bölişiça, u har oyda IŞIDlik radikallarga ma'lum bir summalarni yuborib turgan. Bundan taşqari, hujjatlarda mol-mulkni butunlay musodara etiş haqida söz yuritiladi.

- Soipov öz qilmişi, avtomobilni odamlarga atayin haydab boriş bilan inson hayotiga beparvo munosabatda ekanini körsatib berdi, - deya yozadi Amerika sudi. – Javobgar Qöşma Ştatlarga öz mol-mulki va aktivlariga, ham mahalliy, ham xorijdagisiga egalik qiliş böyiça barça huquqlarni topşirişi kerak. Bu talab barça mol-mulkni baholovçi pul miqdori berişni ham öz içiga oladi.

Soipov qonli aksiyaga bir yil muqaddam tayyorgarlik boşlagani aytiladi. Uning telefonida IŞIDga qarşi kuraşçilarning qatli aks etgan önlab videolar topildi. AQŞda u FQB kuzatuvida bölgan şaxslar bilan uçraşgan. Uning pikapida esa piçoqlar va elektrşoker bölgan sumka topilgan.