Şimoliy Irlandiya Buyuk Britaniyaning boşqa qismidan dengiz çegarasi orqali ajralmaydi va YeIning Yagona bozori va Bojxona ittifoqini tark etadi. Şimoliy Irlandiya Yunonistlar partiyasi yetakçisi Arlin Foster Brexit böyiça kelişuv matnida şu haqda band borligini ma'lum qildi.
"Biz bunday özgarişlarni körişdan xursandmiz. Çunki Irlandiya dengizida heç qanday çegaralar bölmaydi. Birlaşgan Qirollik YeIni aniq tark etişini tasdiqlovçi dalillar bor. Jumladan Yagona bozor va Bojxona ittifoqini ham", - degan Foster Sky News telekanaliga bergan intervyusida.
"Albatta biz oydinlik kiritişni xohlagan masalalar bor, ammo bizning vaqtimiz qolmadi, - degan Foster. – Bizningça, ortga qaytib ularni muhokama qilgan maqsadga muvofiq edi". Ammo B.Britaniya boş vaziri Tereza Mey öz navbatida, yevropalik diplomat Bryussel va London Brexit böyiça 7 oylik muzokaralardan söng hal qiluvçi kelişuvga erişganini bildirdi.
Bugungi kungaça, Brexit böyiça muzokaralarning birinçi bosqiçi tugaşiga Buyuk Britaniya tarkibiga kiruvçi Şimoliy Irlandiya va YeI a'zosi bölgan Irlandiya respublikasi bilan çegaralar masalasi tösiq bölib turgan edi.













