Britaniyaning inov-8 sport brendi Mançester universiteti bilan hamkorlikda tagligi grafendan yasalgan sport poyabzali işlab çiqdi. Tarixdagi ilk bunday poyabzal tagligi grafendan bölgani uçun odatdagilarga nisbatan ança pişiq va yemirilişga çidamli böladi, deb yozmoqda Phys.org.
Grafen ilk marotaba 2004 yili Mançester universitetida olingan bölib, bir atom qalinligidagi ikkihadli material bölib, köplab texnologiyalar va işlab çiqariş sohalarida inqilob örnatişi mumkin. Grafenni olişga muvaffaq bölgan olimlar 2010 yili fizika böyiça Nobel böyiça mukofotga sazovor bölişgandi.
Keyinçalik, Mançester universiteti grafenni avtomobillar qoplamalari, tibbiyot anjomlari va samolyotlarda qöllaşni joriy qildi. Endilikda, bu röyxatga sport oyoq kiyimi ham kirdi.

«Grafenni qörqmasdan bukiş, silkitiş va yiğiş mumkin, u zararlanmaydi, — deydi Mançester universiteti doktori Aravind Vijayaragxavan. — inov-8 kompaniyasining G-Series poyabzalida tagligi işlab çiqariladigan kauçukka grafen qöşilsa, u öz xususiyatini taglikka beradi. Şu bilan 50 foizga çidamliroq, elastik va yemirilişga çidamli poyabzal işlab çiqiş imkonini beradi. Bu inqilobiy mahsulot iste'mol bozoriga jiddiy ta'sir körsatadi».
inov-8 krossovkalari 2018 yili bozorga çiqişi rejalaştirilmoqda.












