Mançesterdagi Milliy grafen institutida bundan 20 yil avval olingan ilk grafendan tayyorlangan miya implanti avgust oyi oxirida klinik sinovlardan ötkaziladi, deb xabar beradi Financial Times.

Olimlar mazkur yangilik inson miyasini hozirgi qurilmalardan köra ança ilğor bölgan taşqi kompyuterlar bilan boğlaş imkonini berişiga umid qilmoqda. Bu Parkinson kasalligi, insult va boşqa nevrologik kasalliklarni davolaşni yaxşilaydi. Implant harakati çeklangan bemorlarning fikrlarini nutqqa aylantirişga yoki harakatlarni bajariş uçun buyruqlarni uzatişga yordam beradi.

«Insonlarda ötkazilgan ilk tadqiqotning asosiy maqsadi 8-10 nafar bemor miyasiga biriktirilgan grafen elektrodlarining xavfsizligini namoyiş etişdir», — deydi tadqiqot boş ilmiy rahbari, professor Kostas Kostarelos.

64 ta grafen elektrodli implant glioblastoma ösimtasini olib taşlaş uçun ötkaziladigan birinçi neyrojarrohlik amaliyoti davomida örnatiladi. Qurilma neyron faolligini rağbatlantiradi va ularning hisobotini yuritadi.

Tadqiqotning keyingi bosqiçida Parkinson kasalligini davolaş uçun ikkita elementdan iborat implant sinovdan ötkaziladi: biri miyaning yuqori qatlamiga «sellofan bölagi kabi» örnatiladi, şunda u elektr faolligini öqiydi, ikkinçisi esa kassalik tufayli buzilgan harakat va boşqa funksiyalarni boşqaradigan hududlarni yaxşiroq rağbatlantiriş uçun miyaga joylaştiriladi.

Grafen geksagonal tuzilişga ega uglerod atomlaridan taşkil topgan bir atom qalinligidagi ikki ölçamli materialdir. U uglerod birikmalar orasida eng mustahkam, eng yengil va elektr ötkazuvçan hisoblanadi.