Xitoylik olimlar zamonaviy qiruvçi samolyotlarning nafaqat oğirligini kamaytirişga, balki ularning sezilmasligini oşirişga imkon beruvçi yangi material yaratişdi. Bu haqda Sina axborot agentligi xabar bermoqda. Yangi material xususiyatlari va teksturasiga köra öta pişiq tabiiy çarmga öxşaydi, biroq uning “işonçlilik” zaxirasi eng qattiq qotişmalarnikidan ham ança kattaroq.

Mutaxassislarning fikriça, yangi material öz içiga öta yupqa grafen qatlamni olgan, u yangi material bilan birga uçuvçi qurilma tomon yönaltirilgan deyarli barça nurlanişni yuta olişga imkon beradi. Bunday material 5-avloddagi kam seziluvçi qiruvçi samolyotlarda qöllanadigan konstruksiyalardan 10-20 marta samaraliroq bölişi mumkin.


Guqqi kompaniyasi tarkibiga kiruvçi, elektr magnit tebranişlar modulyatsiyasi laboratoriyasi yangi material ustidagi işlarni 2011 yildan boşlab olib borgan, uning işlab çiqarilişi Şençjen şahrida yölga qöyildi. Uşbu material qöllanişi bilan yaqin orada 5-avloddagi J-20 qiruvçi samolyotlaridan bir neçtasi hamda yangi hujumkor reaktiv dron tayyorlanişi mumkin.
















