Oddiy batareyalar uzoq quvvatlanadi, xavfsiz emas, vaqti kelib işdan çiqadi va bundan taşqari, ekologik vaziyatga salbiy ta'sir qiladi – agar ular çiqindiga taşlansa, ularning elementlari uzoq vaqt parçalanmay, atrof-muhitni ifloslantiradi. Şu sababli Koreya ilğor texnologiyalari instituti (KAIST) muhandislari bu borada özgariş qiliş maqsadida 30 soniyada quvvatlana oladigan va yuqorida sanab ötilgan kamçiliklardan xoli yangi quvvat manbaini yaratişdi.
Professor Çing Ku Kang boşçiligidagi tadqiqotçilar jamoasi yangi quvvat manbai asosi sifatida olingan grafen sirtida tolasimon polimer zanjirlar va metalloksid nanokatodlarni birlaştirişdi. Grafenni uning tuzilişi quvvat töplovçi maydonini oşirişi va demak, buning natijasida akkumulyator siğimi oşişi sababli tanlangan.

Qurilma standart tok kuçidan 100 marta kuçliroq tok kuçida quvvatlana oladi, uning töliq quvvatlanişi uçun kam quvvatli USB-raz'yom qöllanganda ham bor-yöği 20-30 soniya vaqt talab etadi.
Muhandislarning fikriça, ularning ixtirosi nafaqat tez quvvatlanadi, balki uzoqroq işlaydi. Bundan taşqari, u barqarorroq va ekologik tozaroq bölib, bunday akkumulyatorni yaratişning osonligi u yaqin orada ommaviy ravişda işlab çiqarilişiga umid beradi.

















