Ruh va tana. Ajoyib uyğunlik. Bir-biriga jipslaşgan, ammo qaçondir bir-birini tark etadigan juftlik. Bu ayriliq fonida ona bolasidan, bola otasidan, aka ukasidan, xullas, oğir judoliklarga uçragan insoniyat manzarasi qoladi...
Köp bölmadi, joriy yilning 27 noyabr kuni KUN.UZ sayti orqali 2003 yilda tuğilgan, ammo oğir dard bilan kuraşayotgan Jahongir haqida “Hali u bir yigit bölsin, qadamidan çaqmoq çaqnagan...”: saxovatpeşa insonlar kömagiga muhtoj bolajon haqida” degan maqola e'lon qilingan edi. Gap nima haqida ketayotganini tuşundingiz, bir bemor bolaning davolanişiga oz bölsada öz hissamizni qöşişga undovçi xayriya maqolasi edi u. Ammo...
Jahongir kuni keça olamdan ötdi... Inson har doimgidek Yaratganning oldida ojiz qoldi. U özi istagan paytda, özi istagan işni bajardi. Taqdiri ilohiy...

Davolaniş davri davomida Jahongir ijtimoiy tarmoq orqali şunday deb yozadi: “Mana, bugungi kunimni ham bir amallab ötkazdim. Köçaga çiqib kayfiyatim kötarildi. Meni bir narsa qiynayapti: qayyer yaxşi ekan? Hindistonga borişga imkonimiz yöq. Bu yerda davolaniş esa (Rossiyada – tahr) bir qarasa yaxşi, bir qarasa yomonga öxşayapti. Ollohim, özing töğri yölni körsat: Hindiston yaxşimikan yoki bu yer?..”.
Uning mana bu sözlariga e'tibor bering: “...Orzularimdan biri prezident böliş va xalqqa kömaklaşiş. Bemorlarning salomatligi tiklanişi uçun barça yordamni beriş va yurtimni yanada rivojlantiriş...”


Jahongirning yozganlarini öqir ekansiz, közingizdan beixtiyor yoş quyiladi. Har ikki gapining birida ota-onasini öylayotgan, ular uçun ğam çekayotgan bola Allohga nola qiladi, ularning muşkilini oson qilişini söraydi.
Jahongirning otasi bizga bildirişiga köra, yaqin vaqtlar içida uşbu xayriya aksiyasida yiğilgan barça pullarni bemorlarga tarqatib berişimizda kömaklaşadi.
KUN.UZ tahririyati nomidan uşbu xayriya aksiyasiga qatnaşib, öz yordamini ayamagan barçadan minnatdormiz. Barçasi, albatta, yaxşilikka. Biror jon yöq-ki, Alloh huzuriga yöl olmagan. Jahongirning ota-onasiga sabru jamil, Jahongirga xolis yordam qölini çözganlarga katta minnatdorlik bildirib qolamiz.











