Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan çiqiş uçun 35-39 mlrd funt sterling (40-45 mlrd yevro) tölaydi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati rasmiy vakiliga iqtibos keltirgan holda Sky News telekanali xabar berdi.
“Biz tölanadigan mablağ 35-39 mlrd funt sterling bölişini kutmoqdamiz. Biz bunga öz majburiyatlarimizni halol hal qilişdek qaraymiz. Biz hamişa agar majburiyatlarimiz bölsa, uni bajaramiz, deganmiz”, deb aytdi rasmiy vakil.
Uşbu miqdor Buyuk Britaniya moliya vazirligi işçi guruhlari va Yevropa Ittifoqining Brexit böyiça koordinatori Mişel Barnening texnik uçraşuvida kelişilgan.
Avvalroq Barne tomonlar Buyuk Britaniyaning YeIdan çiqişi böyiça muzokaralarda keyingi bosqiçga ötiş uçun ança siljişga erişişganini ma'lum qilgandi. Brexit böyiça keyingi muzokaralar bosqiçi savdo va xavfsizlik masalalarini hal qilişni közda tutadi.












