Şimoliy Koreya hukumati AQŞ prezidenti Donald Trampni uning Al-Quds (Quddus) masalasidagi qarori uçun tanqid qildi va uni «telba» deb atadi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi tomonidan e'lon qilingan bayonotga asoslanib, Yonhap agentligi xabar tarqatdi.

KXDR Taşqi işlar vazirining ma'lum qilişiça, Trampning Quddusni Isroil poytaxti deb e'lon qilişi va Qöşma Ştatlar elçixonasini köçiriş haqidagi qarori «xalqaro hamjamiyatni oçiq tan olmaslik va haqoratlaşdan bölak narsa emas».

«BMT minbarida Şimoliy Koreya butkul vayron etilişi haqida vaysagan Tramp mantiqdan mosuvo telba hisoblanadi, şu sababli mazkur qarorda ajablanarli heç narsa yöq», degan u.