Qirğizistonning yangi saylangan prezidenti Sooronbay Jeenbekov yaqin kunlarda Özbekistonga rasmiy taşrif bilan keladi. Bu haqda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 7 dekabr kuni davlat mukofotlarini tantanali topşirişga bağişlangan yiğiliş vaqtida aytib ötdi.
«Bir yil içida hamma qöşnilarimiz bilan munosabatlarni yaxşilaşga erişmoqdamiz. Qöşnilarimizga yon berib, yaxşi gapirişimiz, munosabatni boşqaçaroq qilişimiz kerak. Kelgusida Qirğizistonning yangi prezidenti Özbekistonga taşrif bilan keliş taklifini bildirdi, biz qabul qildik. Muammolarimiz bölgan bölsayam, qöşnimiz», degan prezident.
Sooronbay Jeenbekov 15 oktabr kuni bölib ötgan saylovlarda ğalaba qozongandi. U 24 noyabr kuni lavozimga kirişdi va birinçi davlat taşrifini Rossiyaga, 29 noyabr kuni amalga oşirdi. Keyinroq u Qozoğistonda ham böldi.
Şavkat Mirziyoyev sentabr oyida Qirğizistonga taşrifni amalga oşirgandi. Keyinroq, 5-6 oktabr kunlarida qöşni davlatning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Özbekistonga keldi.
U partiyadoşi Sooronbay Jeenbekovni öz işi davomçisi deb atagan.












