BAA taşqi işlar vaziri Anvar Gargaş AQŞ prezidenti Donald Trampning Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinişi qarorini “terrorçilarga sovğa” deb atadi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.
“Tramp tomondan Al-Quds böyiça qabul qilinganga öxşaş qarorlarga terrorçilarga sovğa sifatida qaraş mumkin”, deb aytgan Gargaş.
Gargaşning aytişiça, ekstremistlar bu qarordan “özlarining adovat ovozlarini kötariş va teraktlarni avj oldiriş uçun” qöllaşlari mumkin.
Tramp 6 dekabrda Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan oldi va AQŞ elçixonasini Tel-Avivdan u yerga köçirişga tayyorlaniş topşiriğini bergan.
Şu sababli 8 dekabrda Iordan daryosining Ğarbiy qirğoğidagi hududlarda falastinliklarning isroillik harbiylar bilan töqnaşuvlari boşlangan. Bu töqnaşuvlar oqibatida mingdan köproq odam jabrlangan.












