Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9 dekabr kungi kengaytirilgan yiğilişida asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlar prognozlari va soliq hamda byudjyet siyosati konsepsiyasi va 2018 yilgi davlat byudjyeti loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

Keyingi yilga möljallangan soliq-byudjyet siyosatining asosiy yönalişlari soliq yukini kamaytiriş, soliqlar va majburiy tölovlar miqdorini qisqartiriş, mahalliy byudjyetlar daromad bazasini mustahkamlaş va ularning mustaqilligini oşiriş, resurslardan ratsional foydalaniş hamda byudjyetga tuşumlar töliqligini ta'minlaşni nazarda tutadi.

Xususan, rejaga köra: daromad soliği hamda ijtimoiy infratuzilmani obodonlaştiriş va rivojlantirişga soliqni umumiy bazaviy stavkani 15,5% dan 14,5% gaça pasayişi bilan birga birlaştiriş; 

Pensiya jamğarmasi, Respublika yöl jamğarmasi, ta'lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini rivojlantiriş Jamğarmasiga majburiy tölovlarni bir tölovga birlaştiriş – davlat maqsadli jamğarmalariga majburiy tölovlarga umumiy stavkani 3,5% dan 3,2% ga bir vaqtda pasaytiriş bilan birga, bu xöjalik yurituvçi sub'yektlar ixtiyorida qariyb 411 milliard sömni qoldiriş imkonini beradi;

Jismoniy şaxslar daromadlariga soliq yukini fuqarolarning yakka tartibdagi jamğarma hisobvaraqlariga çegirma miqdorini 1% dan 2% ga qadar oşiriş hisobidan kamaytiriş, bu umuman olganda fuqarolar jamğarmalarini 450 milliard sömdan köproqqa oşiriş imkonini beradi;

yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun qat'iy belgilangan soliq stavkasini örtaça 30 foizga pasaytiriş, bu aholining tadbirkorlik faolligini oşirişga qaratilgan;

mintaqalar va faoliyat olib boriladigan joyning öziga xos jihatlari hisobga olingan holda, mahalliy hokimiyat organlariga jismoniy şaxslar mol-mulkiga soliq, yer soliği va qat'iy belgilangan soliq böyiça örnatilgan bazaviy stavkalarga 0,7-1,3dan pasaytiruvçi va oşiruvçi koeffitsiyentlarni kiritiş.