BMT Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi böyiça taşkilotining (FAO) “Hosil prognozlari va oziq-ovqat böyiça vaziyat” yangi hisobotiga köra, taxminan 37 ta davlat oziq-ovqatlar böyiça taşqi yordamga muhtojdir.

Mojarolar davom etişi oziq-ovqat böyiça jiddiy ta'minlanmaganlikning hamon asosiy sababi bölib qolmoqda va Nigeriya şimoliy qismi, Janubiy Sudan hamda Yamanda oçarçilikni yuzaga keltirdi, şuningdek, Afğoniston, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi va Suriyada oçarçilikning tarqalişiga olib keldi.

Ayni damda oziq-ovqat masalasi böyiça taşqi yordamga ehtiyoji bor uşbu öttiz yetti davlat quyidagilardir: Afğoniston, Burkina-Faso, Burundi, Kamerun, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi, Çad, Kongo, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, Jibuti, Eritreya, Efiopiya, Gvineya, Iroq, Keniya, Lesoto, Liberiya, Liviya, Madagaskar, Malavi, Mali, Mavritaniya, Mozambik, Myanma, Niger, Nigeriya, Pokiston, Serra-Leone, Somali, Sudan, Svazilend, Suriya, Uganda, Yaman va Zimbabve.