Amerikaning Ohayo ştatida röy bergan yonğin oqibatida 3 kişi jabrlandi va yana 10 kişi boşpanasidan ayrildi. Bir neça oila istiqomat qilgan uy ayolning yotoqxona haşarotidan qutiliş maqsadida öt qöyişi oqibatida yonib kul böldi, deb xabar qilmoqda CBS News.

Hodisa Tsintsinatti şahrida 9 dekabrda röy bergan. Ayni vaqtda Qizil xoç jamiyatining mahalliy bölinmasi boşpanasiz qolgan 7 kişi va 3 bolaga vaqtinça uy topgan. Yonğindan yetkazilgan zarar 250 ming dollar deb baholanmoqda.
Aytiş joizki, bu Amerikada röy berayotgan ilk şunday hodisa emas. 28 noyabrda ayni şaharlik 13 yaşar ösmir haşarotni yoqiş niyatida öt qöyişi oqibatida 6 ta uyga talofat yetgan edi. Oktyabr oyida Arizona ştati fuqarosi gaz yondirgiçi vositasida suvaraklarni öldiriş niyatida uyining kulini kökka sovurgandi.











