8-10 dekabr kunlari mobaynida Germaniya çempionatida 15-tur uçraşuvlari ötkazildi.

«Bavariya» bu turda «Ayntraxt» maydonidan 2:1 hisobidagi ğalaba bilan qaytdi va turnir jadvalida 35 oçko töplagan holda eng yaqin ta'qibçisi «Leyptsig»ni 8 oçkoga ortda qoldirib, qişki mavsumni birinçi örinda yakunlaydigan böldi.

Mavsumni barqaror ötkaza olmayotgan  «Leyptsig» bu turda «Maynts» bilan durang öynab qöydi - 2:2.

Dortmundning «Borussiya» jamoasida inqiroz davom etmoqda. Jamoa «Verder»ga qarşi öyinda 1:2 hisobida mağlub böldi va rahbariyat Peter Boşni iste'foga çiqarib, «Kyoln»ning sobiq boş murabbiyi Petr Ştegerni mavsum oxiriga qadar yolladi. Dortmund jamoasi çempionatda oxirgi ğalabasini 30 sentabr kuni «Bayyer»ga qarşi öyinda nişonlagan, keyinroq Germaniya Kubogida «Magdeburg» ustidan ğalaba qozonilgan, Çempionlar ligasida bironta ham ğalaba qayd etilmagan. 15 turdan keyin jamoa 22 oçko bilan sakkizinçi örinda.

«Bavariya»ga bu mavsumda «Borussiya» raqobat qila olmasligi aniq böldi, «Şalke» va Menxengladbaxning «Borussiya»si esa mavsumni nisbatan yaxşi ötkazmoqda. Bu turda aynan şu ikki jamoa özaro raqib böldi va kuçlar teng keldi - 1:1. Endi bu jamoalar 26 hamda 25tadan oçkoga ega bölgan holda uçinçi va törtinçi örinlarda joylaşgan. 

Şu tariqa, «Bavariya»ni oxirgi turda heç qaysi jamoa quvib öta olmaydi va Yupp Haynkess jamoasi ta'tilga qişki çempion sifatida yöl oladi.

15-tur uçraşuvlari

15 turdan keyingi turnir jadvali