Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdöğan bilan telefon orqali muloqot ötkazdi, deb xabar bermoqda Oqörda matbuot xizmati.
Ikki davlat yetakçisi özaro suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlari va mintaqaviy kun tartibini muhokama etişdi. Xususan, tomonlar Islom hamkorlik taşkilotining navbatdan taşqari sammitiga oid masalalar böyiça fikr almaşişdi, uni 13 dekabr kuni Istanbul şahrida Turkiya taşabbusi bilan ötkaziş rejalaştirilmoqda.
Bundan taşqari, davlat rahbarlari kutilayotgan uçraşuvlar jadvalini körib çiqişdi, şuningdek ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarni yanada çuqurlaştiriş masalalarini tilga olişdi.
Qayd etilişiça, suhbat Turkiya tomoni taşabbusi bilan ötkazilgan.












