Qirğizistonlik uç şaxs Özbekistonga kontrabanda elektr hisoblagiçlarni olib ötişga urindi. Bu haqda Qirğiziston Davlat bojxona xizmati matbuot xizmati xabar bergan.
Xabarga qaraganda, 10 dekabr kuni Botken viloyatining Qadamjoy tumanidagi Pildirak nazorat-ötkaziş punktidan taşqarida Oydarkent çegara otryadi çegaraçilari Qirğizistonning uç fuqarosini qölga olişdi. Ular Qirğizistondan Özbekistonga kontrabanda yukini olib ötişga harakat qilişgani aytilmoqda.
Qadamjoy tumanining Dooçar qişloğida yaşovçi şaxslar Hyundai Porter markali avtomaşinada 160 tadan köproq elektr hisoblagiçlarni olib ötişga urinişgan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, kontraband yukining qiymati 300 ming somdan ortiqni taşkil qiladi.
Qölga olingan şaxslar davlat çegarasi rejimini buzganlik uçun ma'muriy javobgarlikka va har biri 3 ming somlik jarimaga ham tortildi.
Qonunbuzarlar va kontrabanda yuki tegişli hujjatlar rasmiylaştirilganidan söng Davlat bojxona xizmati xodimlariga topşirildi.

















