Qozoğiston toğ-kon sanoati sohasining eng yirik korxonasi hisoblanuvçi "ArselorMittal Temirtau" AJ kompaniyasining 200 konçisi yer yuzasiga çiqişdan boş tortmoqda. Ular iş vaqti tugaganidan keyin tepaga çiqişmagan hamda ruxsat berilmagan norozilik aksiyasini boşlaşgan. Ular hozirça talablarini ilgari surişganiça yöq, deb xabar qilmoqda RIA Novosti kompaniya matbuot xizmatiga asoslangan holda. 

Konçilar bevosita na kon rahbariyatiga, na AJ ma'muriyatiga öz talablarini bergan. "Korgau" kömir qazib oluvçilar kasaba uyuşmasi tomonidan ham biror maktub yuborilmagan. 

Xabarda aytilişiça, qolgan konlar belgilangan tartibda faoliyatini yuritmoqda. 

ArcelorMittal — dunyodagi eng yirik pölat işlab çiqaruvçi kompaniyalardan biridir. Kompaniya 60 mamlakatda öz vakolatxonalari va işlab çiqariş quvvatlariga ega.