«Barselona» hujumçisi Lionel Messi «Bavariya»ning sobiq futbolçisi Gerd Myuller tomonidan bir klub safida urilgan gollar böyiça örnatilgan rekordni takrorladi. Bu haqda kataloniyaliklar klubi matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Ispaniya çempionatining 15-turida «Vilyarreal»ga qarşi keçgan va 2:0 hisobida ğalaba bilan yakunlangan öyindagi gollardan biri Messi hisobiga yozildi. Bu gol Messi uçun «Barselona» safida barça turnirlar doirasida urilgan 525-gol böldi.

Messi «Barselona» safida 2004 yildan buyon töp surib kelmoqda. Myuller «Bavariya» şarafini 1964 yildan 1979 yilgaça bölgan davrda himoya qilgan.

Joriy mavsumda Messi Ispaniya çempionatida 15 uçraşuv ötkazdi va 14 gol urib, 4 golga uzatma berdi.