Boks böyiça Özbekiston terma jamoasi a'zosi Şahram Ğiyosov havaskorlar boksini tark etib, professional boksga ötganini ma'lum qildi. 

Sports.uz xabariga köra, u professional ringda yangi marralarni zabt etiş uçun AQŞga yöl olgan.

Şahram Ğiyosov 2016 yilgi Rio Olimpiadasida iştirok etib, 69 kg vazn toifasida kumuş medalni qölga kiritgandi.

U şuningdek, joriy yilning may oyida Toşkentda ötgan Osiyo çempionati hamda sentabr oyida Germaniyaning Hamburg şahrida taşkil etilgan jahon çempionatida çempion bölgan.

Bundan taşqari 2015 yili yoşlar örtasida Yakutsk şahrida ötkazilgan jahon çempionatida ham oltin medal bilan taqdirlangan.

Eslatib ötamiz, Rio Olimpiadasi iştirokçilaridan birinçi bölib Fazliddin Ğoibnazarov professional boksga ötgandi. U şu vaqtgaça professional ringda 3ta jang ötkazib, barçasida ğalaba qozondi.

Keyinroq Özbekiston terma jamoasining yetakçi a'zolaridan biri Isroil Madrimov professional boksga ötişini ma'lum qildi.

Şuningdek, özbekistonlik yana uç nafar boksçi professional boksda faoliyatini davom ettirişi mumkin. Bular Murodjon Ahmadaliyev, Elnur Abduraimov va Bahodir Jalolov.