Özbekiston Respublikasining Turizmni rivojlantiriş böyiça davlat qömitasi va Çilonzor tumani hokimiyati tuman çetida kiçik sayyohlik klasterini yaratiş böyiça işlarni boşladi.

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmatining xabar berişiça, Yuriy Gagarin köçasini ixtisoslaştirilgan turistik köçaga aylantiriş rejalaştirilmoqda. Qayd etilişiça, sayyohlar u yerda xaridlarni amalga oşirişi, köngil oçişi va mazali taomlardan bahramand bölişi mumkin. Loyiha doirasida brend dökonlar, umumiy ovqatlaniş muassasalari, suvenirlar dökonçalari, hunarmandlar ustaxonalarini ham oçiş möljallanmoqda.

Köçada kabutarlar maydoni ham barpo etiladi, u yerda fuqarolar va turistlar kabutarlarni qölda oziqlantirişi mumkin. Bundan taşqari, doimiy asosda madaniy-köngiloçar tadbirlar taşkil etiladi.