2019 yilga kelib Qirğizistonning barça davlat mulozimlari töliq nazorat ostida böladi. Respublika boş vaziri Safar Isoqov «Taza koom» dasturi böyiça bölib ötayotgan xalqaro anjumanda şunday bayonot berdi. Bu haqda 24.kg agentligi xabar qilmoqda.

Hukumat rahbarining qayd etişiça, elektron hukumatga ötiş jarayoni körinmas böladi. Jamoatçilik bu işni payqamaydi. U faqat davlat boşqaruviga tegişli böladi. 

«Biz davlat xizmatçisi nima bilan şuğullanayotganini körib turamiz, iş va boşqa maşğulotlarga qança vaqtini sarflayapti, işga qaçon kelib, davlat idorasi hududidan qançalik tez-tez çiqib turibdi, qaysi vajlar bilan çiqayapti? Bu har bir davlat mulozimi işining samaradorligini kuzatiş uçun zarur. Şu asosda xizmatçi qançalik yaxşi işlayotgani xususida qaror qilinadi. Yaqin 4-5 yilda mamlakat davlat xizmatiga özini butunlay işga bağişlaydigan kadrlarni yetiştiradi va ularni davlat xizmatiga jalb eta oladi», — deb qayd etgan Safar Isoqov. 

Uning qöşimça qilişiça, bunday töliq nazorat maoşlar oşirilişi bilan birga joriy etilişi kerak. Bunga davlat idoralari xodimlarini qisqartiriş orqali erişiş mumkin.