Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov işida jiddiy kamçiliklarga yöl qöygan 4 vazirni bir vaqtning özida işdan olib taşladi.   

“Neytralnyy Turkmenistan” hukumat gazetasining ma'lum qilişiça, Berdimuxamedov bu qarorni yilning 11 oyi natijalariga bağişlangan hukumat yiğilişida  qabul qilgan. 

Sanoat vaziri Amanberdi Tuyliyev, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vaziri, Pensiya jamğarmasi boşqaruv raisi Seyitmammed Akmammedov, temir yöl transporti vaziri Daryoguli Başimov hamda qişloq va suv xöjaliklari vaziri Nursaxad Sapardurdiyev iste'foga çiqarilgan.

Turkmanistonning iqtisodiy jinoyatlar böyiça davlat xizmati direktori Mammetxon Çakiyevning ma'lum qilişiça, yuqoridagi vazirliklarda ötkazilgan tekşiruvlar davomida mas'ul şaxslar tomondan xizmat lavozimini suiste'mol qiliş, poraxörlik, korrupsiya va davlat mablağlarini öğirlaş holatlariga yöl qöyilgani aniqlangan. 

Berdimuxamedov qarori bilan sanoat vaziri etib Karim Durdimiradov tayinlangan. Avval u “Turkmenstandartlari” davlat xizmati raisi bölgan. Qolgan vazirliklarda vazir lavozimini örinbosarlar vaqtinçalik bajarib turadilar.