9 dekabrda Dubaydagi auksionda yangi “AA” kodli avtomobil raqamlarining birinçi partiyasi sotildi. Uşbu partiyadan 10 ta raqam 12,3 mln dirhamga (3,4 mln dollar) sotildi.
Yöllar va transport boşqarmasi tomonidan ötkazilgan joriy yildagi oxirgi oçiq auksion yangi dizaynga ega raqamlar işlab çiqarilişi boşlanişini anglatadi.

Eng qimmat sotilgan raqam AA10 böldi, u 3,12 mln dirhamga (844 ming dollar) sotib olindi.
Uşbu 10 ta raqam keyingi 12 oy uçun “AA” seriyasidagi yagona avtomobil raqamlari böladi.
AA10 raqamini dubaylik tadbirkor Majid Mustafo xarid qilgan. AA12 va AA50 raqamlari mos ravişda 2,72 mln dirham (740 ming dollar) va 1,84 mln dirhamga (500 ming dollar) öz egalarini topib ketgan.
















