Qayrat Kojamjarov Qozoğiston boş prokurori etib tayinlandi, bu haqda Oqörda matbuot xizmati Twitter’da xabar bermoqda.
Qayrat Kojamjarov 1965 yilning 24 mart kuni tavallud topgan. 1987 yilda A.A.Jdanov boşçiligidagi davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagan, mutaxassisligi böyiça yurist.
Mehnat faoliyatini 1987 yilda Jambul viloyati prokuraturasidan boşlagan bölib, uşbu viloyatda 1997 yilga qadar turli yuqori lavozimlarda işlagan. 2013 yildan Qozoğiston Respublikasi prezidentining yordamçisi – Qozoğiston Respublikasi Xavfsizlik kengaşi kotibi, 2014 yildan esa Qozoğiston Respublikasining davlat xizmati va korrupsiyaga qarşi kuraş agentligi raisi lavozimini egallagan.












