«Dizayn» guruhi konsert beradigan bölib qoldi. Oğir ötgan iş haftasidan söng ma'naviy hordiq çiqariş maqsadida rafiqam bilan «Istiqlol» san'at saroyiga taşrif buyurdik. Hammasi ana şundan keyin boşlandi...
Kontsertga taşrif buyurganlar köp. Özaro suhbatlaşişgan, kulişişgan, hovliqişgan, bir-birlarini izlayotgan odamlarga qarab kayfiyating kötariladi. Sen ham mana şu odamlar orasiga singib ketasan. Turtinib, siqilişib, içingda bir özgaça hayajon bilan odimlaysan. Ammo kutilmaganda ayrim işlar böladi-ki, tarvuzing qöltiğingdan tuşadi, aqling şoşib, nima qilaringni bilmay qolasan...
Gap şundaki, öşa kungi konsertga taşrif buyurayotgan odamlarning çiptasini tekşirayotgan IIB xodimlaridan biri rafiqamning römol (hijob)da ekanligidan hayratlandi va dedi: “Römolingizni boşqaça örab kiring iltimos, tuşunasiz-ku, hozir zamon nozik...”.
Vaziyatni biliş maqsadida IIB vakiliga qönğiroq qilib, bölgan voqeani sözlab berdim. U hayron qoldi. “Bizda bunday çora-tadbirlar belgilanmagan, barçasi risoladagidek. Hijobda yurgan ayollarning barça qatori teng haq-huquqi bor. Ular konsertga tuşişmasin, degan gap yöq”, dedi. Haqiqatan ham şunday. Çunki bir kun oldin rafiqasi bilan konsertga tuşgan döstimga heç kim, heç narsa demagan, holbuki, uning rafiqasi ham hijobda edi.
Öşa kuni rafiqamning, qolaversa, özimning ham ta'bim xira bölgani va bunday kayfiyatda konsert tomoşa qilib bölmasligi uçun unga kirmadim... Bir xodimning şaxsiy prinsiplarigami, işining mohiyatiga tuşunmaymi yoki biz bilmagan holatlar yuzasidanmi hijob borasida qilgan işi ham qiziq, ham kulgili tuyuldi.
Bu agar davlat tomonidan, tegişli qonunlar asosida taqiqlanganda-ku, mayli edi. Ammo, özi bilganiça, “hijobli-mi, demak qaraş kerak, tekşiriş kerak”, degan tuşunça bilan işlayotgan ayrim IIB xodimlarining işi kişini öylantiradi...
Öz muxbirimiz











