Bugun, 11 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan örtasida Turkiya tomonining taşabbusi bilan telefon orqali muloqot bölib ötdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot avvalida Turkiya prezidenti Özbekiston rahbarini mamlakatda tarkibiy özgarişlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning yangi bosqiçini amalga oşiriş böyiça qölga kiritilgan amaliy natijalar bilan samimiy muborakbod etdi.
Öz navbatida Özbekiston prezidenti mamlakatda davlat va jamiyat hayotining barça jabhalarida barqaror va yuksak taraqqiyotni ta'minlaşga qaratilgan siyosatni yuqori baholagani uçun çuqur minnatdorlik bildirgan.
Muloqotda davlat rahbarlari joriy yil oktabr oyida Turkiya Respublikasiga oliy darajadagi taşrif yakunlari böyiça erişilgan kelişuv va bitimlarni amalga oşiriş muhimligini alohida ta'kidladi.
Savdo-iqtisodiy, texnologik, moliya-sarmoyaviy, transport, turizm va madaniyat sohalaridagi qöşma dastur va loyihalarni amalga oşiriş borasida özaro samarali aloqalarni davom ettiriş zarurligi qayd etildi.
Prezidentlar, şuningdek, Istanbul şahrida bölib ötadigan Islom hamkorlik taşkilotining navbatdan taşqari sammiti kun tartibidagi masalalar, jumladan, mintaqaviy va xalqaro siyosatning boşqa dolzarb masalalari böyiça fikr almaşişgan.

















